UEFA klublar reytingida “Real” yana yetakchi
“Bavariya” va “Inter” kuchli uchlikka kirdi
Rasm: Instagram
Yevropa futbolining boshqaruv organi UEFA klublarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Ro'yxat so'nggi mavsumlardagi xalqaro musobaqalardagi natijalarga asoslangan.
Yangilangan ko'rsatkichlarga ko'ra, Madridning mashhur “Real” klubi birinchi o'rinni saqlab qoldi. Ispaniya grandi so'nggi mavsumlarda muntazam yuqori natijalar qayd etib, Yevropa maydonlarida yetakchi sifatida o'z mavqeini mustahkamlamoqda.
Kuchli uchlikka shuningdek Germaniya chempioni “Bavariya” va Chempionlar Ligasi finalchisi Italiya “Inter” klubi ham kirdi. Ularning YECHL va Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyatli o'yinlari yuqori baholandi.

Bakradze Iman
Redaktor