locale OZ

UEFA \"Chelsi\" va \"Barselona\"ni jarimaga tortdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA "Chelsi" va "Barselona"ni jarimaga tortdi
Photo: Getty Images

UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan klublar uchun jazolar haqida ma'lumot berdi. Ushbu klublarning har biri bilan kelishuvga erishildi.

UEFA rasmiy xabar berishicha, eng yirik jarima "Chelsi"ga tegishli – 80 million yevro. London klubi 20 million yevro to'laydi, qolgan 60 million yevro esa shartli jarima hisoblanadi. "Chelsi" 4 yil davomida UEFA nazoratida bo'ladi.

"Barselona" ikki yillik kuzatuv muddati bilan 60 million yevro (15 million aniq + 45 million shartli) jarimaga tortildi.

Shuningdek, UEFA "Lion" (12,5 million + 37,5 million shartli, to'rt yil kuzatuv ostida), "Aston Villa" (5 million + 15 million shartli, uch yil kuzatuv ostida) va "Hayduk" (0,3 million + 0,9 million shartli, uch yil kuzatuv ostida) klublarini ham jazoladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting