locale OZ

UEFA «Barselona»ga uy oʻyinlarini yangilangan «Kamp Nou»da oʻtkazishga ruxsat berdi

Uchrashuv 9 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA «Barselona»ga uy oʻyinlarini yangilangan «Kamp Nou»da oʻtkazishga ruxsat berdi
FOTO: Getty Images

UEFA «Barselona» va «Ayntraxt» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi yangilangan «Kamp Nou» stadionida o‘tkazilishini rasman tasdiqladi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar arena inspektsiyasidan so‘ng tegishli ruxsatni qo‘lga kiritdi.

Stadion tekshiruvi La Liga doirasidagi «Alaves»ga (3:1) qarshi o‘yin chog‘ida amalga oshirildi. UEFA vakillari arenaning texnik holati va xavfsizlik choralarini baholadi: evakuatsiya yo‘laklari, navigatsiya tizimi, kirish-chiqish xizmatlarining faoliyati hamda muxlislar oqimini boshqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Bir necha soatlik tekshiruv va klub rahbariyati bilan suhbatlardan so‘ng inspektorlar ijobiy xulosa chiqardi. Bu qaror «blaugrana»larga Yevrokubok uchrashuvini o‘z uy maydonida o‘tkazishga imkon beradi.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi 6-tur uchrashuvi 9 dekabrga belgilangan bo‘lib, u qayta qurilgan «Kamp Nou»dagi turnirning ilk o‘yini bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting