locale OZ

U-17 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston BAA'ga qarshi oq libosda oʻynaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-17 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston BAA'ga qarshi oq libosda oʻynaydi
FOTO: UzbekistanFA
AFC U17 Asian Cup
13.04.2025, Yak.
O‘zbekiston (U17)
3
O.A.E. (17 yoshgacha)
1

Ertaga, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun o‘yin oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga bir qator yoʻnalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing masalalari boʻyicha tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, musobaqaning pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvlarning barchasida VAR tizimidan foydalanilishi ma’lum qilindi.

Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting