locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

U-17 Jahon chempionati haqida nimalarni bilamiz?

Futbol 15 apr 2025 da 14:48
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
U-17 Jahon chempionati haqida nimalarni bilamiz?
Photo: UzbekistanFA

Qatar maydonlarida o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga oid ma'lumotlar bilan tanishtiramiz.

Qachon va qaerda?
2025-yil 3–27-noyabr kunlari Qatar mamlakatida.

Musobaqa formati
Joriy yilgi turnirdan boshlab, ketma-ket 5 yil davomida 48 ishtirokchi jamoalar har biri 4 tadan iborat 12 ta guruhga ajratiladi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi o'rinni egallagan 8 ta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan so'ng, 1/16 final, 1/8 final, chorak final, yarim final, uchinchi o'rin uchun va final o'yinlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ushbu turnirda 3 marta ishtirok etgan. Qatardagi mundial o'smirlarimiz uchun to'rtinchisi bo'lib, jamoamizning eng yaxshi natijasi chorak final (2011, 2023) hisoblanadi.

Jahon chempionati g'oliblari
Nigeriya — (1985, 1993, 2007, 2013, 2015)
Braziliya — (1997, 1999, 2003, 2019)
Gana — 2 (1991, 1995)
Meksika — 2 (2005, 2011)
Germaniya (2023), Fransiya (2001), SSSR (1987), Saudiya Arabistoni (1989), Shveysariya (2009), Angliya (2017)

Ushbu turnirda turli vaqtlarda Sesk Fabregas (2003), Toni Kroos (2007), Kelechi Iheanacho (2013), Viktor Osimhen (2015) va Fil Foden (2017) singari taniqli futbolchilar ishtirok etishgan.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting