locale OZ

U-17 futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asi sanasi ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

2025 yil 3–27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 yigitlar o‘rtasidagi jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Dohada o‘tkaziladi. Musobaqada 48 terma jamoa ishtirok etadi va ular 4 korzinaga ajratilgan. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ikkinchi korzinaga tushdi.

Barcha jamoalar 12 guruhga bo‘linadi. Har bir guruhdan 2 ta kuchli jamoa va eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 ta uchinchi o‘rin egalari 1/16 finalga chiqadi.

1-korzina:
Qatar, Braziliya, Fransiya, Mali, Germaniya, Meksika, Argentina, Angliya, Yaponiya, Paragvay, AQSH, Senegal.

2-korzina:
Janubiy Koreya, Marokash, O‘zbekiston, Italiya, Belgiya, Yangi Zelandiya, Chili, Venesuela, Xorvatiya, Kolumbiya, Gonduras, Burkina-Faso.

3-korzina:
Kosta-Rika, Tojikiston, Panama, Indoneziya, KXDR, Kot-d’Ivuar, Tunis, Yangi Kaledoniya, Kanada, Janubiy Afrika, Avstriya, Gaiti.

4-korzina:
BAA, Portugaliya, Chexiya, Irlandiya, Shveytsariya, Zambiya, Misr, Uganda, Boliviya, Saudiya Arabistoni, Salvador, Fiji.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting