U-17 terma jamoamiz jahon chempionati oldidan Ispaniyada sinovdan o'tadi
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini sentabr oyida jiddiy sinov kutib turibdi. AFU matbuot xizmati xabar berishicha, jamoa Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi va bir qator kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushadi.
Tarkibga bosh murabbiy Islom Ismoilov boshchiligidagi shtab rahbarlik qiladi. Jahon chempionati ishtirokchilari bo'lgan termalar o'rtasida tashkil etiladigan xalqaro musobaqa doirasida O'zbekiston U-17 termasi Angliya, Kanada va Marokash yoshlar jamoalariga qarshi o'ynaydi.
Bu yig'in jamoamiz uchun xalqaro tajriba orttirish, o'yin uslubini takomillashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish nuqtai nazaridan muhim bosqich hisoblanadi. Mashg'ulotlar davomida futbolchilarning jismoniy holati, jamoaviy o'yin va taktik tayyorgarlikka alohida e'tibor qaratiladi.
Belgilangan o'yinlar taqvimi:
• 3 sentabr: Angliya – O'zbekiston
• 6 sentabr: Kanada – O'zbekiston
• 9 sentabr: Marokash – O'zbekiston