locale OZ

U-17 JCH. O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqiblari haqida

O‘zbekiston o‘smirlari guruhda Paragvay, Irlandiya va Panamaga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-17 JCH. O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqiblari haqida
ФОТО: Getty images

Bugun Doha shahrida 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati start oladi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatlarida 4-bor ishtirok etmoqda. Jamoamiz 2011 (Meksika) va 2023-yilgi (Indoneziya) musobaqada chorak finalgacha yetib borgan. 2013-yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan mundialda esa 1/8 final bosqichida ishtirokini yakunlagan.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining "J" guruhida Paragvay, Irlandiya va Panama o‘smirlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Paragvay

Yo‘llanma: U-17 Janubiy Amerika chempionati — 5-o‘rin
Mundialdagi ishtirok: 5
Eng yaxshi natija: Chorak final (1999, 2019)
Murabbiy: Mariano Uglessich
Eʼtiborga loyiq o‘yinchi: Alan Ledesma

Ledesma U-17 Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda Paragvay jamoasining muhim futbolchisiga aylandi. Jamoa sardori sifatida u maydon markazida o‘yinni boshqaradi va kurashuvchanligi bilan ajralib turadi. U, shuningdek, U-17 Janubiy Amerika chempionatida Paragvay ikkita penalti seriyasida g‘alaba qozongan va ularda o‘z zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan.

Panama

Yo‘llanma: KONKAKAF U-17 saralash bosqichi — guruh g‘olibi
Mundialdagi ishtirok: 3
Eng yaxshi natija: 1/8 final (2011)
Murabbiy: Leonardo Pipino
Eʼtiborga loyiq o‘yinchi: Estevis Lopes

Chap qanot hujumchisi — Lopes murabbiy Leonardo Pipino tizimida muhim o‘rin tutadi. U KONKAKAF U-17 saralash bosqichida Panamaning uchta golida qatnashgan, ijodkorligi hamda aniq va kuchli zarbasi bilan o‘yinni o‘z foydasiga o‘zgartira oladi. Hozirda u Panamaning "Costa del Este" klubidan "River Pleyt" yoshlar jamoasiga ijarada o‘ynamoqda.

Irlandiya

Yo‘llanma: UEFA U-17 Yevropa chempionati final bosqichi ishtirokchisi
Mundialdagi ishtiroklar: 0
Eng yaxshi natija: Yo‘q
Murabbiy: Kolin O'Brayn
Eʼtiborga loyiq o‘yinchi: Jeyden Umeh

Tezkor, ijodkor va gol urishga moyil hujumchi Umeh Portugaliyaning "Benfika" klubi safida to‘p tepayapti. U 2024-yilda Portugaliyaga ko‘chib o‘tgan va Irlandiya bosh murabbiyi Kolin O'Braynning taʼkidlashicha, u "Benfika" akademiyasiga qo‘shilgach, o‘yini sezilarli darajada yaxshilangan. Umehning akasi Franko ham professional futbolchi bo‘lib, hozir Irlandiya U-21 terma jamoasida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi turnir doirasidagi ilk uchrashuvni 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting