U-17 Jahon chempionati. Oʻzbekiston Irlandiyaga qarshi bahsda kambek qurboni boʻldi
U-17 Jahon chempionati «J» guruhi 2-turidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston Irlandiya bilan bahs olib bordi va yakunda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Dastlab hisob 20-daqiqada Abubakir Shukurullayev tomonidan ochildi. 33-daqiqada Gradi MakDonnell muvozanatni tikladi. 75-daqiqada esa Mishel Nunan irlandlarga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston ushbu natijadan soʻng oʻz guruhida 3 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Irlandiya esa 6 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylandi.
U-17 Jahon chempionati. «J» guruhi, 2-tur
Irlandiya — Oʻzbekiston 2:1
Gollar: MakDonnell (33), Nunan (75) — Shukurullayev (20).
Irlandiya — Nunan, Batler, Finneran, Kovaleskis (Ojianvuna, 46), Leonard, Martos, Makdonag, Makdonell (Braun, 54), Nunan M., Solanke, Ume.
O‘zbekiston — Rustamjonov, Hakimov, Bahodirxonov, Hasanov (Saidov, 74), Habibullayev (Rustamov, 74), Sodiqov, Anvarov, Musaxonov, Abdumo‘minov (Aliyev, 61), Shukrullayev, Erimbetov (Muradov, 84).