Tuxel: «Dastlabki 40 daqiqada o‘yinimiz juda erkin kechdi»
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel UEFA Millatlar ligasida Xorvatiya ustidan 7:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasining o‘yinini yuqori baholadi.
«Birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha, asosiy tarkibda boshlaganlardan tortib zaxiradan maydonga tushganlargacha — barchasi eng yuqori darajada o‘ynadi. Jamoani tabriklayman. Dastlabki 40 daqiqada o‘yinimiz juda erkin kechdi. Tempni yuqori ushlab turdik, bo‘sh hududlardan foydalandik va vaziyatlarni samarali yakunladik. Qarshi pressing va himoyadagi harakatlarimiz ham yuqori darajada edi. Agar juda talabchanlik bilan qaraydigan bo‘lsak, 3:0 dan keyingi uch daqiqani ko‘rsatish mumkin. Ammo umumiy olganda, bu 90 daqiqa davomida eng yuqori darajada namoyish etilgan o‘yin edi», - dedi Tuxel.
Angliya shu tariqa Xorvatiyani 7:0 hisobida mag‘lub etib, yirik g‘alabani tantana qildi.