Millatlar ligasi. Xorvatiya – Angliya bahsi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Millatlar ligasi. Xorvatiya – Angliya bahsi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Riyeka shahridagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.
Yevropada Millatlar ligasi 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Xorvatiya milliy jamoasi o‘z maydonida Angliyani qabul qilmoqda.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Jamoalarning asosiy tarkiblari e’lon qilindi. Keyn, Bellinghem va Modrich ilk daqiqalardan maydonda harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan ikki turdan so‘ng har ikki jamoada 3 ochkodan bor. Ular Ispaniyaga qarshi bahslarda mag‘lub bo‘lishgan.
Millatlar ligasi. 3-tur
Xorvatiya – Angliya
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Vushkovich, Gvardiol, Perishich, P.Suchich, Kovachich, Modich,Ivanovich, Baturina, Musa.
Angliya – Pikford, Holl, Skott, Konsa, Kuansa, Gehi, Saka, Anderson, Bellinghem, Gordon, Keyn.