Turkiya Superligasi. Shomurodov toʻliq oʻynagan bahsda «Bashakshehir» safarda «Rizespor» bilan durang oʻynadi
Turkiya Superligasi qoldirilgan 4-turida «Istanbul Bashakshehir» safarda «Rizespor» mehmoni boʻldi. Yakunda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
«Bashakshehir» safida Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan boʻlsa, «Rizespor» safida toʻp surayotgan Husniddin Aliqulov zaxirada qoldirildi.
Shuningdek, Abbosbek Fayzullayev ham jarohati sabab ushbu bahsni o'tkazib yubordi.
Shu tariqa, «Bashakshehir» ushbu natijadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. «Rizespor» esa 9 ochko bilan 11-o‘rinni band etgan.
Turkiya Superligasi. 3-tur
«Rizespor» — «Bashakshehir» 0:0
Rizespor — Jonpo‘lat, Shahin, Moksi, Akaydin, Xoyer (Pala, 80), Papanikolau, Lasi, Bulut (Yurechka, 73), Zakiri, Bulyubashich (Antalyali, 80), Sou.
Bashakshehir — Shengezer, Ebosele (Shahiner, 46), Duarte, Opoku, Operi, O‘zdemir (Ergun, 89), Gunesh, Turuch (Sari, 63), Kemen (Krespo, 46), Da Koshta (Brnich, 63), Shomurodov.