Turkiya Superligasi. 8-tur. Go'ztepa kichik hisobda Bashakshehirdan ustun keldi
Turkiya chempionatining 8-turidan o'rin olgan Go'ztepa hamda Bashakshehir 1:0 jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.
Dastlab 26-daqiqada Santos mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi, ammo belgilangan penaltidan futbolchi unumli foydalana olmadi. 43-daqiqaga kelib yana o'sha Santos barbir o'z maqsadiga yetdi. Go'ztepa futbolchisi raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'yindagi yagona golni urdi hamda mezbonlarning g'alabasini ta'minladi. Mehmonlar tarkibini o'zbek futbolchilari, Eldor Shomurodov (to'liq) va Abbosbek Fayzullayev (61) daqiqa maydonda harakatlanishdi.
Turkiya Superligasi. 8-tur
Go'ztepa — Bashakshehir 1:0
5 oktyabr, "Gyuksel Aksel"
Gol: Santos (43).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Santos (26).
Go'ztepa — Lis, Godoy, Heliton, Bokele, Cherni, Dennis (Yildiz, 69), Gomes (Bakiroʻgli, 69), Kurtulan (Altikardesh, 88), Miroshi, Janderson (Bayir, 84), Santos (Sabra, 69).
Bashakshehir — Shengazer, Shahiner (Ebosele, 75), Ba, Opoku, Operi, O‘zdemir (Gunesh, 81), Kalujinski, Krespo (Turuch, 61), Harit (O'zg'ur, 75), Da Koshta (FAYZULLAYEV, 61), SHOMURODOV.
Ogohlantirishlar: Ba (7), Operi (45+2), Dennis (46), Yildiz (80), Turuch (90+2).