locale OZ

Turkiya Superligasi 4-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Galatasaroy»ga qarshi bellashdi

Gollarga boy kechgan qarama-qarshilik 3:2 hisobida mehmonlar muvaffaqiyat qozondi.
Turkiya Superligasi 4-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Galatasaroy»ga qarshi bellashdi
photo: gettyimages
Turkiya Superligasi
04.09.2026, Yak.
Istanbul Bashakshahar
2
Galatasaray
3

Turkiya Superligasi 4-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Galatasaroy»ga qarshi bellashdi. Gollarga boy kechgan qarama-qarshilik 3:2 hisobida mehmonlar muvaffaqiyat qozondi.

«Bashakshehir» 79-daqiqadan boshlab, maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullayev ishlagan penaltini aniq amalga oshirib, chempionatdagi 4-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu bellashuvda Shomurodov maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Abbosbek esa 74-daqiqada zaxiraga olindi.

Shunday qilib, «Istanbul» klubi 4 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. «Galatasaroy» esa 10 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.

Turkiya Superligasi. 4-tur
Bashakshehir – Galatasaroy 2:3
Gollar: Shomurodov 66 penalti, Sanches 76 avtogol – Osimhen 16, Torreyra 71, Sara 90.
Bashakshehir – Deniz, O‘mer Ali, Emin, Opoku, Operi, Kaluzinski, Gunesh, Olsen (Ba, 83), Kerem, Fayzullayev (Brnich, 74), Shomurodov.
Galatsaroy – Chaqir, Sallai, Sanches, Lemina (Bardakchi, 46), Yakobs, Torreyra, Sara, Oygun, Batrakov (Leau, 68), Sane, Osimhen (Yilmaz, 33).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting