Trent Aleksander-Arnold \"Real\"ga o'tishi arafasida — shartnoma kelishilgan
Madridning "Real" klubi "Liverpul" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold bilan besh yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyaliklar transferni rasmiylashtirish uchun hujjatlar tayyorlashni boshlab yuborgan. Ilgari xabar berilganidek, 25 yoshli futbolchi 2025 yil yozida erkin agent sifatida "Real"ga o'tadi — u "Liverpul" bilan 30 iyun kuni amalda bo'lgan shartnomasini tugatadi.
5 may kuni Aleksander-Arnold bolaligidan beri o'ynab kelgan ingliz klubini tark etishini rasmiy e'lon qildi.
Shuningdek, "Real" rahbariyati futbolchi klublar o'rtasidagi jahon chempionati-2025 boshlanishidan avval jamoaga qo'shilishidan umidvor. Turnir 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo'lib o'tadi.