Transfer. Stefan Chinedu - \"Paxtakor\" futbolchisi!
26 yoshli hujumchi joriy mavsum termizliklar safida rasmiy 14 uchrashuvda 11 gol urib, 2 assist muallifi bo‘lgan.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: Paxtakor FK
Stefan Chinedu - "Paxtakor" futbolchisi!
"Jamoamiz nigeriyalik futbolchini mavsum oxirigacha "Surxon"dan ijaraga oldi. 26 yoshli hujumchi joriy mavsum termizliklar safida rasmiy 14 uchrashuvda 11 gol urib, 2 assist muallifi bo‘lgan. O‘zbekistonga kelguncha u faoliyatida Xorvatiyaning "Neretvanas", "Xayduk", "Dugopole", "Solin", Albaniyaning "Dinamo", Bosniya va Gersegovinaning "Shiroki Briyeg", Serbiyaning "Radnichki" va "Radnich" klublarida to‘p tepgan.
Biz Chineduning jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishiga umid bildiramiz.
"Paxtakor"ga xush kelibsan, Stefan!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.