locale OZ

«Tottenhem» Rodrigo va Yildizga qiziqish bildirmoqda

Londonliklar qishda ushbu transferni amalga oshirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tottenhem» Rodrigo va Yildizga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi hali ham «Real» vingeri Rodrigo va «Yuventus» hujumchisi Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, klub egasi — ENIC kompaniyasi — yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar vaqtida yangi xaridlar uchun zarur mablagʻ ajratishga tayyor.

Shu bilan birga, «Tottenhem» Rodrigoni qoʻlga kiritish yoʻlida «Man Siti» va «Liverpul» bilan raqobatlashishiga toʻgʻri keladi. Yildizga esa boshqa London jamoalari — «Arsenal» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, Rodrigo joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi. Yildiz esa 17 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting