«Tottenhem» Olmo uchun taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Tottenhem" 27 yoshli ispaniyalikni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, londonliklar futbolchi uchun 70 million yevrolik taklif tayyorlamoqda.
Avvalroq, "ko‘k-anorranglilar" Olmoni 60 million yevroga sotishga tayyor ekani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda u “Barselona” safida jami 39 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylangan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Bahrom Bobonov
Redaktor