Tomas Parti \"Arsenal\"ni tark etdi
Photo: Getty Images
Ganalik yarim himoyachi Tomas Parti Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng jamoani tark etdi.
Fabrizio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, qaror 10 kun oldin kelishilgan va bugun Parti uchun "kanonirlar" safidagi so‘nggi kun bo‘ldi.
Avvalroq unga “Atletiko” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Biroq “matraschilar” futbolchi borasida kelisha olmadi.
"Arsenal" Partini 2020 yilda "Atletiko"dan 50 million yevroga xarid qilgandi. U joriy mavsumda 52 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist