locale OZ

Timur Kapadze: \"Abduqodir Husonovda kichik jarohat bor edi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Timur Kapadze: "Abduqodir Husonovda kichik jarohat bor edi"
PHOTO: Getty Images

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Sports24.uz bilan suhbatda Abduqodir Husonov borasida fikr bildirdi.

"Husonov bilan yaqinda gaplashdim. Terma jamoa oʻyinidan keyin Angliyaga qaytib borgach darhol kubok oʻyinida asosiy tarkibda tushdi. Osiyo qitʼasida ikkita oʻyin oʻtkazib Angliyaga borganda baribir vaqt va iqlim farqi tufayli biroz moslashish jarayoni kechadi.

"Bornmut"ga qarshi bahsning birinchi taymida nafaqat Husonov balki "Siti"ning deyarli barcha futbolchilari oʻynay olishmadi. Abduqodir sariq kartochka olgani uchun Gvardiola uni almashtirdi. Bundan tashqari oʻsha bahsda raqib hujumchisi bilan toʻqnashuvda oyogʻidan kichik jarohat olgan ekan.

Shu sabab keyingi bahsda uni qaydnomaga ham kiritishmadi. Davolanib olishga imkon berishibdi. Manchester derbisida esa zaxiraga kiritildi".

12 aprelda Manchester Siti Kristal Pelasni 5:2 hisobida magʻlub etdi. Husonov maydonga tushmadi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting