locale OZ

Tibo Kurtua “Real Madrid” bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tibo Kurtua “Real Madrid” bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua “qaymoqranglilar” bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Kurtua va ispan grandi kelishuvni 2027-yilning yoziga qadar uzaytirishni rejalashtirishmoqda. Belgiyalik golkiperning amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Kurtua joriy mavsum “Real” safida jami 44 ta o'yinda maydonga tushib, 50 ta gol o'tkazib yubordi va 14 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting