Tibo Kurtua nomaʼlum muddatga safdan chiqdi
«Real» posboni «Rayo Valekano»ga qarshi oʻyinda jarohat olgandi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
09.11.2025, Yak.
Rayo Vallecano
0
Real Madrid
0
Madridning «Real» klubi matbuot xizmati Ispaniya La Ligasining 12-turidan oʻrin olgan «Rayo Valekano»ga qarshi (0:0) oʻyindan soʻng darvozabon Tibo Kurtua jarohat olgani haqida xabar berdi.
«Klub tibbiyot xizmati tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida Tibo Kurtua oʻng oyogʻining uzun son mushagi jarohati aniqlangan. Uning sogʻayish jarayoni shifokorlar nazoratida boʻladi», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, «Real» La Liganing 12-turidan soʻng 31 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xabi Alonso shogirdlari «Barselona»dan 3 ochkoga ilgarilab ketgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist