La Liga. Real kutilmaganda Rayo Valekano bilan durang o'ynab qo'ydi
Ispaniya La Ligasi 12-turidan o'rin olgan Rayo Valekano hamda Real Madrid jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilikda Real Madrid kutilmaganda nursiz durang o'ynab qo'ydi. Bu esa qirollik klubi uchun mavsumdagi ilk durang hisoblanadi.
La Liga. 12-tur
Rayo Valekano — Real 0:0
9 noyabr, «Kampo de Valekas»
Rayo Valekano — Batalya, Ratsiu, Lejen, Mendi, Chavarriya, Siss, Lopes (Gumbau, 83), Palazon (Peres, 71), Dias (Pacha, 27), Garsiya (Alemao, 83), de Frutos (Valentin, 71).
Real — Kurtua, Valverde (Trent, 84), Asensio, Heysen (Militao, 46), Karreras, Kamavinga (Rodrigo, 79), Guler, Dias (Sebalos, 71), Bellinghem, Vinisius, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Ratsiu (15), Garsiya (33), Heysen (36), Dias (44), de Frutos (45+3).