locale OZ

Tezkor! “Qizilqum” klubiga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tezkor! “Qizilqum” klubiga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi
FOTO: UZPFL

Navoiyning “Qizilqum” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, klub bosh murabbiyi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan Nikola Lazarevich sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab davolanish uchun Serbiyaga jo'nab kelgan.

Qayd etilishicha, endilikda jamoaning yordamchi murabbiyi Akmal Xoliqov vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaradi.

Ma'lumot uchun, “Qizilqum” o'zining navbatdagi o'yinini 8-aprel kuni O'zbekiston Kubogi doirasida “Andijon FA”ga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting