locale OZ

Tezkor! Oston O'runovga Yevropadan xaridor chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tezkor! Oston O'runovga Yevropadan xaridor chiqdi
FOTO: www.tasnimnews.com

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Oston O'runov faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin.

Spor Tazan nashrining xabariga ko'ra, hamyurtimizga Turkiyaning eng nomdor jamoalaridan biri bo'lgan “Beshiktosh” qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'runov jismoniy holatida kamchiliklar bo'lgani bois JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasi va Eronga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi

Ma'lumot uchun, O'runov joriy mavsum “Persepolis” safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 2,5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting