Tezkor! Hojiakbar Alijonov jarohat oldi
FOTO: UzbekistanFA
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi himoyachisi Hojiakbar Alijonov jarohat oldi.
O'zbekiston Superligasining 10-turidan o'rin olgan “Qizilqum”ga qarshi bahsda Alijonov birinchi bo'lim oxirida jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
Xabarlarga ko'ra, Alijonov taxminan bir haftaga safdan chiqqan. Tajribali himoyachimiz FIFA kunlariga qadar tiklanishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 5-iyun kuni JCh-2026 saralashi doirasida BAA'ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvdagi g'alaba terma jamoamizni mundialga olib chiqadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist