Tezkor! Abduqodir Husanov faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin
O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti”ning markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini La Liganing grand klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football365.com nashri xabar bermoqda.
“Ispaniyadagi nufuzli manbalar Xosep Gvardiola “Barselona” mutasaddilariga yozda 21 yoshli Abduqodir Husanovni 40 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olishni taklif etganini ma’lum qildi.
“Manchester Siti” aprel oyidan tarkibda ko‘rinmay qolgani himoyachi transferidan qoniqish hosil qilgani yo‘q va klub agar qishda bu futbolchi uchun sarflangan mablag‘ni qaytarish imkoni bo‘lsa, uni sotib yuborishga tayyor.
Yosh futbolchi “Siti”da yuzaga kelgan vaziyatdan norozi. U ham o‘z agentlariga vaziyatdan chiqish uchun boshqa klublar bilan bog‘lanishni so‘ragan.
Husanovning xizmatlari taklif qilingan klublardan biri aynan “Barselona” bo‘ladi. Ushbu klub markaziy himoyasiga mo‘ljallangan futbolchilar orasida “Bayer” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Jonatan Ta asosiy da’vogar bo‘lsa-da, kataloniyaliklar yangi chiqqan yosh yulduzning jamoaga kelishini inkor qilgani yo‘q. Aksincha, Xuan Laporta va Deku “Manchester Siti” o‘yinchisini olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov o'tgan qishki transferlar vaqtida “Lans”dan “Manchester Siti” safiga qo'shilgandi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.