locale OZ

Ter Shtegen faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” Andre Onananing o'rniga yangi posbon qidirmoqda va Ter Shtegen bu pozitsiya uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Ta'kidlanishicha, mankunianliklar hozircha germaniyalik golkiperning transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Ma'lumot uchun, Ter Shtegen 2014-yildan buyon “Barselona” safida o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar mo'ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting