locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Taniqli braziliyalik agent «Real» Mbappe va Neimarnı Vinisiusga almashtirishi mumkin boʻlganini aytdi

Futbol 23 apr 2025 da 01:07
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Taniqli braziliyalik agent «Real» Mbappe va Neimarnı Vinisiusga almashtirishi mumkin boʻlganini aytdi
Taniqli braziliyalik agent «Real» Mbappe va Neimarnı Vinisiusga almashtirishi mumkin boʻlganini aytdi

Braziliyalik agent Andre Karri ma'lum qilishicha, Madridning «Real» klubi Fransiyaning «PSJ» jamoasida toʻp surayotgan hujumchilar - Neymar va Kilian Mbappeni oʻz safiga qoʻshib olishga urinishlar qilgan. Mazkur ehtimoliy kelishuv doirasida madridliklar oʻz hujumchisi Vinisius Juniorni almashtuv tarzida taklif qilishga tayyor boʻlishgan.

Agentning soʻzlarini RMC Sport telekanali keltirgan. Karri shunday degan: «Ha, «Real» Mbappe va Neymarnı olishga uringan, va oʻshanda Vinisiusni almashtuv uchun taklif qilishgan. Oʻsha paytda u asosiy tarkib oʻyinchisi emasdi, lekin ulkan salohiyatga ega edi. Men bu voqeani bilaman, chunki Leonardo (PSJning sobiq sport direktori) menga Junior unga yoqishini aytgan».

Neymar 2023 yili «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirmadi va Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga oʻtdi. Mbappe esa 2024 yil yozida «Real» oʻyinchisiga aylandi. Vinisius esa 2018 yildan beri «Real» safida toʻp surmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting