Tajribali darvozabon “Manchester Siti”ga o'tishga rozi bo'ldi
FOTO: Getty Images
“Portu” darvozaboni Diogo Kosta “Manchester Siti”ga o'tishga rozi bo'ldi. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli golkiperga taqdim etilgan loyiha yoqdi va unga qo'shilishni istamoqda. Hozirda tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, darvozabonning agenti Xorxe Mendesh kelishuvni tezroq amalga oshirishni talab qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Kosta joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 18 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 38 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist