locale OZ

«Surxon» Chinedu bilan shartnomani uzaytirib, uni «Paxtakor»ga ijaraga berdi

Chinedu 14 o‘yinda 10 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Surxon” Chinedu bilan shartnomani uzaytirib, uni “Paxtakor”ga ijaraga berdi
Фото: Сурхон ПФК

“Surxon” futbolchisi Stefan Chinedu bilan amaldagi shartnoma 2027 yilgacha uzaytirildi. Bu haqda termizliklarning matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hujumchi mavsum yakuniga qadar “Paxtakor” klubiga ijaraga berildi.

“Jamoamiz hujumchisi Stefan Chinedu bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yakunigacha uzaytirildi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, nigeriyalik hujumchi 2026 yilgi mavsum yakunigacha ijara asosida “Paxtakor” futbol klubida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Stefan jamoamiz safida jami 14 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bor ishg‘ol qildi va o‘zining samarali o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozondi. Jamoamiz Chineduga klubimiz safidagi fidokorona mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting