locale OZ

Superto'purar “Manchester Yunayted”ga yo'q dedi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superto'purar “Manchester Yunayted”ga yo'q dedi
FOTO: Getty Images

Portugaliyaning “Sporting” klubi hujumchisi Viktor Gyokeresh “Manchester Yunayted” taklifini rad etdi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchining agentlari uning qarori haqida allaqachon mankunianliklar rahbariyatini xabardor qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “qizil iblislar” Gyokeresh transferi uchun “Sporting”ga 71,4 million yevro to'lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga hozirda “Arsenal” va “Yuvnetus” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Gyokeresh o'tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting