Superliga. «Sho‘rtan» o‘z maydonida «Buxoro» bilan durang o‘ynadi
Uchrashuvda ikki gol urildi.
Фото: UzPFL
Superliganing 29-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" – "Buxoro" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
G‘uzorda kechgan bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Garchi o‘yinda mehmonlar dastlab hisobni ochdi. Ammo "Sho‘rtan" gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Natijada "Buxoro" ochkolari sonini 27 taga yetkazdi. "Sho‘rtan" esa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda va Proligaga tushib ketgan.
Superliga. 29-tur
Sho‘rtan – Buxoro 1:1
Gollar: Frane Ikić, 58 (0:1), Po‘lathoja Xoldorxonov, 65 (1:1)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist