locale OZ

Superliga. \"Qizilqum\" G‘uzorda \"Sho‘rtan\"ni mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Qizilqum" G‘uzorda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi
Photo: Shurtan PFk

O‘zbekiston chempionatining 15-tur o‘yinlariga start berildi.

Turning ilk bahsida “Sho‘rtan” klubi G‘uzorda “Qizilqum”ni qabul qildi.

Uchrashuvda ilk gol 42-daqiqada kiritildi. Roman Papariga navoiyliklar safida gol urdi. Ammo bir necha daqiqadan so‘ng G‘anisher Qodirov muvozanatni tikladi.

Tanaffusdan keyin har ikkala jamoada ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq 70-daqiqada Ilhomjon Vahobov “Qizilqum”ning g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.

Natiajada “Qizilqum” ochkolari sonini 17 taga yetkazdi. “Sho‘rtan” esa 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.

Superliga, 15-tur
“Sho‘rtan” 1:2 “Qizilqum”
Gollar: Roman Papariga, 42 (0:1) G‘anisher Qodirov, 45+2 (1:1) Ilhomjon Vahobov, 70 (1:2)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting