Superliga. «Andijon» vodiy derbida yirik hisobda g'alaba qozondi
Photo: Andijan PFK
O‘zbekiston Superligasining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Damir Temirov dublga erishdi. Shuningdek, "burgutlar"ning uchinchi goli zaxiradan maydonga tushgan Islombek Mamatkazin hisobiga yozildi.
Bu g‘alabadan so‘ng andijonliklarning ochkolari soni 20 taga yetib, 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Qo‘qon-1912” esa 12 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
Superliga. 16-tur
"Andijon" — "Qo‘qon-1912" - 3:0
Gollar: Damir Temirov 51, - 1:0, Damir Temirov 80, - 2:0, Islombek Mamatkazin 90+4, 3:0.
Bahrom Bobonov
Redaktor