locale OZ

Superkompyuter Konferensiyalar ligasi g‘olibini taxmin qildi

O‘tgan yili "Chelsi" g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkompyuter Konferensiyalar ligasi g‘olibini taxmin qildi
ФОТО: Getty images

Opta mutaxassislari superkompyuter yordamida jamoalarning Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqishdi.

Yevropaning nufuzi bo‘yicha uchinchi turnirida zafar quchish uchun eng katta imkoniyat "Kristal Pelas"ga tegishli. London "burgutlari"ning imkoniyati 49,25%.

Ikkinchi o‘rinda "Fiorentina" (10,29 foiz), kuchli uchlikni esa "Strasburg" (10,14 foiz) yakunlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, "Kristal Pelas" 2025 yilda Angliya kubogi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Turnirning o‘tgan mavsumdagi g‘olibligini esa Londonning "Chelsi" jamoasi qo‘lga kiritgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting