locale OZ

Superkompyuter «Arsenal»ning YECHLda g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini oshirdi

YECHLning yangi mavsumida 4 ta tur ortda qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkompyuter «Arsenal»ning YECHLda g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini oshirdi
ФОТО: Getty images

Opta mutaxassislari Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

Unga ko‘ra, “Arsenal” asosiy favorit sifatida ko‘rsatilmoqda. London klubining imkoniyatlari 23,53 foizni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinda "Bavariya" bormoqda. Uning g‘alaba qozonish ehtimoli — 14,33%. Kuchli uchlikni "Manchester Siti" yakunlab berdi — 12,95%.

Keyingi o‘rinlarda "Liverpul" (11,72 foiz), "PSJ" (10,22 foiz), "Real" (4,7 foiz) va "Barselona" (4,24 foiz) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal”, “Bavariya” va “Inter” ortda qolgan 4 o‘yindan so‘ng yetakchilikni o‘zlarida saqlab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting