locale OZ

Superkompyuter «Arsenal»ning APLdagi imkoniyatlarini baholadi

Hozirda londonliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkompyuter «Arsenal»ning APLdagi imkoniyatlarini baholadi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ishonchli yetakchilik qilmoqda.

Yakshanba kuni «kanonirlar» «Tottenhem»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va asosiy raqibi «Chelsi»dan farqni olti ochkoga yetkazdi.

Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga ko‘ra, Mikel Arteta jamoasining orzu qilingan chempionlik unvonini qo‘lga kiritish ehtimoli hozir 75,56%. Ikkinchi eng yaqin nomzod — «Manchester Siti» (14,3%), uchinchi — «Chelsi» (3,88%). «Liverpul»ning oltinni himoya qilish imkoniyati juda kam — atigi 2,13%.

Keyingi yakshanba, 30 noyabr kuni, «Arsenal» safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga chiqadi. «To‘pchilar» Angliya chempionati oltin medallarini oxirgi marta 2004 yilda qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting