locale OZ

Stounz erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi

Unga ko‘ra, ingliz futbolchisi yiliga 4,5 million yevro maosh oladi.
Stones erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stounz erkin agent sifatida “Inter” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transfer to‘liq yakunlangan va tasdiqlangan. Tomonlar 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ung ko‘ra, ingliz futbolchisi yiliga 4,5 million yevro maosh oladi.

Shuningdek, 30 iyul kuni Stounz tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va rasmiy ravishda shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Jon Stounz 2016 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surdi. Shu vaqt davomida u jamoa safida barcha musobaqalarda 295 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli himoyachining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting