locale OZ

Stefan Chinedu — «Paxtakor» futbolchisi

joriy mavsum termizliklar safida rasmiy 14 uchrashuvda 11 gol urib, 2 assist muallifi bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stefan Chinedu — «Paxtakor» futbolchisi
Фото: Пахтакор ПФК

“Paxtakor” jamoasi Nigeriyalik futbolchi Stefan Chineduni mavsum oxirigacha "Surxon"dan ijaraga oldi.

26 yoshli hujumchi joriy mavsum termizliklar safida rasmiy 14 uchrashuvda 11 gol urib, 2 assist muallifi bo‘lgan.

O‘zbekistonga kelgunga qadar u faoliyatida Xorvatiyaning "Neretvanac", "Hajduk", "Dugopolje", "Solin", Albaniyaning "Dinamo", Bosniya va Gersegovinaning "Shiroki Brijeg", Serbiyaning "Radnički" va "Radnič" klublarida to‘p tepgan.

“Biz Chineduning jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishiga umid bildiramiz. "Paxtakor"ga xush kelibsan, Stefan”, — deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting