locale OZ

Statistika: La Ligada eng yaxshi himoyachi “Barselona”ga tegishli!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Statistika: La Ligada eng yaxshi himoyachi “Barselona”ga tegishli!
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Inigo Martines La Ligadagi ko'rsatkichlari bo'yicha eng yaxshi himoyachi bo'lib turibdi.

Statistikalarga qaraganda, Martines duellarning 74,2 foizida yutib chiqqan. Bu “Real Sosedad” himoyachisi Nayef Aguerdan (72 foiz) va “Real” a'zosi Dani Seballosdan (69,9 foiz) ko'proq.

Bundan tashqari, Inigo havodagi kurashlarning 65 foizida ham g'alaba qozongan. Futbolchi ushbu mavsum La Ligada 2000 daqiqadan ko'proq harakat qildi va bu klubdagi boshqa himoyachilarga qaraganda anchagina ko'proq.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” o'tgan yilning 21-dekabr kuni “Atletiko”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 21 o'yindan beri yutqazmayapti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting