Sobiq «PSJ» futbolchisi Levin Kurzava Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikrlarini bildirdi
Sobiq «Pari Sen-Jermen» himoyachisi, hozirda Portugaliyaning «Boavixta» klubida to‘p surib kelayotgan Leyvin Kurzava 2024/2025 yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi finali haqida o‘z umidlarini bayon etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u «PSJ»ning italiyalik «Inter» ustidan g‘alaba qozonishini juda xohlaydi. Final uchrashuvi 31 may kuni Myunxendagi «Allianz Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Kurzava 2015 yildan 2024 yilgacha «PSJ» safida harakat qilgan va klub tarixidagi ko‘plab muhim pallalarda ishtirok etgan.
«Men «PSJ»ning g‘alabasiga 1000% ishonaman! Deyarli 10 yil shu klubda to‘p surdim, yorug‘ va qorong‘u kunlarim shu yerda o‘tdi. Endi esa Parijdagi barcha insonlarning yengil nafas olishini, futbolchilar va xodimlarning yuzlarida tabassum ko‘rishni juda xohlayman. Bu klubni sevuvchi har bir inson bu lahzalarga loyiq», — dedi Kurzava fransuz nashri L’Équipe bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi yarim finalida «PSJ» «Arsenal»ni mag‘lub etdi, «Inter» esa «Barselona» ustidan g‘alaba qozondi.