Sobiq “Paxtakor” murabbiyi Shota Arveladze Turkiyada ish boshladi
Gruziyalik mutaxassis yana “Kasımpaşa” klubi bosh murabbiyi bo‘ldi
Rasm: Gazeta.uz
Taniqli futbol murabbiyi Shota Arveladze yangi ish joyiga ega bo‘ldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, gruziyalik mutaxassis Turkiyaning “Kasımpaşa” jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlandi. U ushbu klubda 2012–2015 yillar oralig‘ida ham faoliyat yuritgan.
Shuni taʼkidlash kerakki, Arveladze Toshkentning “Paxtakor” klubida ham muvaffaqiyatli ishlagan. Shuningdek, u bir vaqtlar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor