locale OZ

Skott Karson \"Manchester Siti\"ni tark etadi

U klub safida ikki o‘yinda maydonga tushdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Skott Karson "Manchester Siti"ni tark etadi
Photo

"Manchester Siti" klubi Skott Karsonning klubni tark etishini e'lon qildi.

Darvozabon jamoa tarkibida olti mavsum o‘tkazdi. Uning hisobida "Siti" safida ikkita rasmiy o‘yin bor: biri Chempionlar ligasida (2022 yil mart) va biri APLda (2021 yil may).

Skott Karson yozda shartnomasi yakunlangach, "Manchester Siti"ni tark etadi.

"Biz Skottga mashaqqatli mehnati, fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga kelajakda omad tilaymiz," – deyiladi "Manchester Siti" xabarida.

39 yoshli posbon "Siti" bilan 4 marta APL chempioni bo‘ldi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida va bir marta UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi, bir marta Angliya Superkubogi, bir marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting