locale OZ

«Siti» Rodriga yangi shartnoma taklif qildi

Rodri 2019 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Siti» Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachi Rodri bilan yangi shartnoma imzolash maqsadida shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Stiv Key ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" 29 yoshli xavbekka yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan.

Agar ispaniyalik futbolchi "Siti" bilan kelishuv muddatini uzaytiradigan bo‘lsa, yiliga 18 million yevro atrofida maosh oladi. Hozirda uning yillik ish haqi 13 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Rodri 2019 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda beshta o‘yinda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting