Simone Inzagi faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettiradi - Romano
FOTO: Getty Images
“Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi faoliyatini Saudiyaning “Al-Hilol” klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis va riyodliklar o'rtasida 3 yillik shartnoma imzolanadi. Kelishuv shu haftada yakunlanishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Inter” joriy mavsum Inzagi qo'l ostida Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib bordi, biroq hal qiluvchi o'yinda PSJ'ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist