locale OZ

Shon Daych: «Bir hafta ichida ikki marta bizga qarshi notoʻgʻri qarorlar qabul qilindi»

«Nottingem Forest» bosh murabbiyi «MYU»ga qarshi oʻyindan soʻng hakamlikni keskin tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shon Daych: «Bir hafta ichida ikki marta bizga qarshi notoʻgʻri qarorlar qabul qilindi»
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
01.11.2025, Yak.
Nottingem F
2
Manchester Yunayted
2

«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Shon Daych Angliya Premyer-ligasining 10-turidan oʻrin olgan «Manchester Yunayted» bilan 2:2 hisobidagi oʻyindan soʻng hakamliknj keskin tanqid qildi. Uchrashuvni Darren Ingland boshqarib borgandi.

Mutaxassisning fikricha, bahsdagi notoʻgʻri tayinlangan burchak zarbasi jamoasini bir hafta ichida ikkinchi marta muhim ochkolardan mahrum qilgan.

«Nimanidir o‘zgartirish kerak. Bu albatta xato qaror edi. Bir hafta ichida ikki marta bizga qarshi notoʻgʻri qarorlar qabul qilindi. Hakamlar aslida burchak boʻlmagan holatlarda burchak zarbasini belgilashmoqda — bu juda ogʻir. Biz ligada omon qolish uchun kurashyapmiz va bunday vaziyatlar bizga qarshi ishlamasligi kerak. Agar VAR shunday epizodlarni ham koʻrib chiqish imkoniyatiga ega boʻlsa, oʻyin ancha adolatli boʻlardi», — dedi Daych.

Maʼlumot uchun, «Nottingem Forest» APLning 10-turidan soʻng 6 ochko toʻplagan holda 18-o‘rinda bormoqda. «MYU» esa 17 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting