Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
Peshqadamlik esa 7 ta gol urgan Muhammad Salohga tegishli.
ФОТО: Getty images
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida sermahsul o‘yinlarini davom ettirmoqda.“Istanbul Bashakshehir”ning “Genchlerbirligi” ustidan 4:0 hisobidagi g‘alabasida Shomurodov dubl qayd etdi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi 33 va 65-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu gollar evaziga Shomurodovning joriy Superligadagi gollari soni 6 taga yetdi. U ayni paytda musobaqaning eng sermahsul futbolchilari qatoridan joy oldi. Peshqadamlik esa 7 ta gol urgan Muhammad Salohga tegishli.
Turkiya Superligasi to‘purarlari
Eldor Shomurodov — 6 gol
Viktor Osimxen — 6 gol
Gift Orban — 6 gol