Shomurodov bahsdagi yagona golni urgan o'yinda Bashakshehir Kochayelispor ustidan g'alaba qozondi
Turkiya Superligasi 11-turidan o'rin olgan Bashakshehir hamda Kochayelispor uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Shomurodov bahsdagi yagona golni urgan o'yinda Bashakshehir Kochayelispor ustidan g'alaba qozondi.Uchrashuvda O'zbekiston milliy jamoasi sardori penaltidan to'p kiritdi. Bellashuvni Fabio Kannavaro Abbosbek Fayzullayev bilan birgalikda stadiondan tomosha qildi.
Turkiya Superligasi. 11-tur
Bashakshehir — Kochayelispor 1:0
31 oktyabr. Fotih Terim nomidagi stadion
Gol: Shomurodov (90+1, penalti).
Bashakshehir — Shengezer, Bulut, Duarte, Opoku (Ba, 22), Shahiner, O‘zdemir, Gunesh (Kemen, 46), Sari (Ebosele, 90+4), Krespo (Zelke, 74), Da Koshta (Brnich, 63), SHOMURODOV.
Kochayelispor — Yovanovich, O‘g‘uz, Balog, Deykstel, Smolchich, Keyta (Yalchin, 78), Shou (Gedik, 90+3), Agei (Churlinov, 77), Linetti (Keles, 65), Bingel, Dursun (Nonge, 85).
Ogohlantirishlar: O‘zdemir (62), O‘g‘uz (88), Balog (88), Shahiner (90+2).