Shlotterbek faoliyatini «Real» yoki «Bavariya»da davom ettirmoqchi — manba
Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek «Bavariya» yoki Madridning «Real» klubiga o‘tish istagini bildirgan.
Sky Sport Germany xabariga ko‘ra, futbolchi ushbu grandlardan biriga ehtimoliy transferni jiddiy ko‘rib chiqmoqda. 23 yoshli himoyachiga «Barselona» ham qiziqmoqda, biroq kataloniyaliklar uchun hozircha asosiy ustuvor vazifa — hujumchi topish.
Shlotterbekning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2027yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, klub unga 2030 yilgacha davom etadigan, yaxshilangan shartlar bilan yangi bitim taklif qilgan. Agar futbolchi rozi bo‘lsa, u jamoaning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchilaridan biriga aylanishi mumkin, bu esa uning kelajak borasidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi ehtimol.
Transfermarkt portali Shlotterbekning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.